Uch qadam
Har qoʻshilishni eʼlon egasi tasdiqlaydi — kim kelishini u biladi.
Eʼlon toping yoki qoʻshing
Lentada yaqin atrofdagi eʼlonlar. Yoʻq boʻlsa — bir daqiqada oʻzingiz eʼlon qilasiz.
“Men ham” bosing
Egasiga qisqa xabar yozasiz. U qabul qilsa, Sherik boti darhol aytadi.
Uchrashing
Bot 2 soat oldin eslatadi. Kelganingiz hisobga olinadi — ishonchliligingiz oshadi.
Toʻrt yoʻnalish
Har birida faqat kerakli savollar soʻraladi.
Oʻqish
Fanlar, IELTS, SAT, dasturlash, kitob.
Soʻraladi: nima va nima uchunTil amaliyoti
Ingliz, rus, koreys, turk va boshqalar.
Soʻraladi: qaysi til va nima uchunSport
Futbol, padel, zal, yugurish, shaxmat.
Soʻraladi: qachon, qayerda, necha kishiDam olish
Park, togʻ, kino, kviz, mafia.
Soʻraladi: qachon, qayerda, necha kishiKim bilan uchrashayotganingizni bilasiz
Ishonch bitta raqamda: odam vaʼda qilgan uchrashuvlarining nechtasiga kelgan.
Uchrashuvdan keyin eʼlon egasi kim kelganini belgilaydi. Boshlanishiga 2 soatdan kam qolganda bekor qilsangiz, ishonchliligingizga “kelmadi” deb yoziladi.
Savollar
Pullikmi?
Yoʻq, bepul. Ilovada toʻlov yoʻq — maydon ijarasi kabi xarajatlarni ishtirokchilar joyida boʻlishadi.
Ilova yuklash kerakmi?
Yoʻq. Sherik Telegram ichida ochiladi; ism va rasm Telegram hisobingizdan olinadi.
Bora olmasam-chi?
Kamida 2 soat oldin bekor qiling — shunda ishonchliligingizga taʼsir qilmaydi, joyingizga navbatdagi odam oʻtadi.
Qaysi shaharlarda?
Toshkentdan boshlaymiz. Oʻqish va Til eʼlonlari esa shahar tanlamaydi.